Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

Garbage Collection

☕ Java 8+1Z0-8301Z0-829#xotira#gc#reference

Qisqa javob: Garbage Collector (axlat yig’uvchi) heap’dagi kerak bo’lmay qolgan obyektlarni avtomatik o’chiradi. Obyekt GC uchun tayyor (eligible for garbage collection) bo’ladi, qachonki dasturning ishlab turgan qismidan unga hech qanday yo’l (havolalar zanjiri) qolmasa. Qachon o’chirilishini esa JVM o’zi hal qiladi.

Bayramda havo sharlari (obyektlar) iplari bilan bolalarning (o’zgaruvchilar) qo’lida. Bola ipni qo’yib yuborsa, shar uchib ketadi — endi uni hech kim ushlab turmaydi. Farrosh (GC) uchib ketgan sharlarni qachondir yig’ib oladi, lekin aynan qachon — oldindan aytib bo’lmaydi.

Qadamma-qadam: qaysi obyekt “uchib ketadi”?

“Qadamma-qadam: qaysi obyekt “uchib ketadi”?” bo'limi
Point a = new Point(1, 1); // 1
Point b = new Point(2, 2); // 2
a = b; // 3
b = null; // 4
a = null; // 5
STACKHEAPa ●a = nullb ●b = nullPoint(1, 1)Point(1, 1)GC uchun tayyorPoint(2, 2)Point(2, 2)GC uchun tayyor(hech kim ko'rsatmayapti)(endi bunga ham yo'l yo'q)

1a heap'dagi birinchi obyektga — Point(1, 1) ga qaraydi.

1 / 5
Havolalar o'zgarishi bilan obyektlar GC uchun tayyor bo'ladi

Obyekt qachon GC uchun tayyor bo’ladi?

“Obyekt qachon GC uchun tayyor bo’ladi?” bo'limi

Obyektga olib boradigan barcha havolalar yo’qolganda. Bu uch xil yo’l bilan bo’ladi:

  1. Havolaga null berish
    Point p = new Point(1, 1);
    p = null; // obyekt tayyor
  2. Havolani boshqa obyektga burish
    Point p = new Point(1, 1);
    p = new Point(2, 2); // birinchi obyekt tayyor
  3. O’zgaruvchi scope’dan chiqishi — metod tugaganda uning lokal o’zgaruvchilari yo’qoladi.
    static void temp() {
    Point t = new Point(1, 1);
    } // temp() tugadi → obyekt tayyor (agar uni return qilmagan yoki boshqa joyda saqlamagan bo'lsak)

“Orolcha” obyektlar (island of isolation)

““Orolcha” obyektlar (island of isolation)” bo'limi

Obyektlar bir-biriga qarab tursa ham, ularga tashqaridan (stack’dan) yo’l bo’lmasa — hammasi GC uchun tayyor.

class Node { Node next; }
Node a = new Node();
Node b = new Node();
a.next = b;
b.next = a; // bir-biriga qaraydi
a = null;
b = null; // ikkala obyekt ham tayyor — ichki havolalar ularni "qutqarmaydi"

Java GC “kim kimga qaraydi”ni hisoblamaydi, balki ildizlardan (stack’dagi o’zgaruvchilar, static maydonlar) boshlab yetib boriladigan obyektlarni belgilaydi. Yetib bo’lmaydigan hammasi — axlat.

Chuqurroq (intervyu uchun): Young va Old generation, Stop-the-World

Imtihonda bu savollar yo’q, lekin Java intervyularida deyarli har safar so’raladi.

Heap ikki qismga bo’linadi. Ko’pchilik obyektlar juda qisqa yashaydi: so’rov (request) kelganda DTO, javob obyekti yaratiladi va so’rov tugashi bilan keraksiz bo’ladi. Ba’zilari esa dastur oxirigacha yashaydi: Spring bean’lari, kesh, singleton’lar.

Qism Kimlar yashaydi Tozalash
Young generation yangi, qisqa umrli obyektlar Minor GC — tez-tez, tez
Old generation bir necha Minor GC’dan omon qolganlar Major / Full GC — kam, lekin og’irroq

Stop-the-World. GC ishlayotganda ba’zi bosqichlarda barcha dastur thread’lari qisqa vaqtga to’xtatiladi. API so’rovi shu paytda kutib turadi, GC tugagach davom etadi. Zamonaviy kollektorlar (masalan, ko’pchilik serverlarda standart bo’lgan G1, yoki ZGC) bu to’xtashlarni millisekundlargacha qisqartirishga harakat qiladi.

GC bor-ku, xotira baribir tugashi mumkinmi? Ha. Agar obyektga havola qolib ketsa (masalan, tozalanmaydigan static ro’yxatga qo’shilaversa) — GC uni axlat deb hisoblamaydi. Bu memory leak, oxiri OutOfMemoryError.

📝 Mini-test

0 / 6

1. // line X ga yetganda nechta obyekt GC uchun tayyor?

public class Test {
public static void main(String[] args) {
Object a = new Object(); // obj1
Object b = new Object(); // obj2
Object c = a;
a = null;
b = c;
// line X
}
}

2. // line X ga yetganda make() va temp() yaratgan obyektlardan nechtasi GC uchun tayyor?

public class Test {
static Object make() {
Object o = new Object();
return o;
}
static void temp() {
Object t = new Object();
}
public static void main(String[] args) {
Object keep = make();
temp();
// line X
}
}

3. Kod bajarilgandan keyin nechta Node obyekti GC uchun tayyor?

class Node { Node next; }
// ...
Node a = new Node();
Node b = new Node();
a.next = b;
b.next = a;
a = null;
b = null;

4. Qaysi qatordan keyin "A" qiymatli new String obyekti birinchi marta GC uchun tayyor bo'ladi?

1: String s1 = new String("A");
2: String s2 = new String("B");
3: s1 = s2;
4: s2 = null;

5. Quyidagi gaplardan qaysilari to'g'ri? (2 ta javobni tanlang)

6. // line X dan keyin nechta Point obyekti GC uchun tayyor?

Point p1 = new Point(1, 1); // obj1
Point p2 = new Point(2, 2); // obj2
Point p3 = new Point(3, 3); // obj3
p1 = p2;
p2 = p3;
p3 = p1;
// line X
  • Obyekt GC uchun tayyor — unga ishlab turgan koddan (stack, static maydonlar) yetib boradigan havola qolmaganda
  • Uch yo’l: null berish, havolani boshqa obyektga burish, o’zgaruvchining scope’dan chiqishi
  • Bir-biriga qaragan, lekin tashqaridan yetib bo’lmaydigan obyektlar (island of isolation) — ham tayyor
  • Sanash usuli: har bir new ni raqamlang, har qatordan keyin jadval tuzing
  • System.gc() — faqat iltimos; tayyor obyekt hech qachon o’chirilmasligi ham mumkin
  • finalize() — deprecated (9+), olib tashlash uchun belgilangan (18+), ishonmang
Progress faqat shu brauzerda saqlanadi.