var — turini kompilyator topadi
Qisqa javob: var — lokal o’zgaruvchining turini o’zingiz yozmasdan, kompilyatorga topdirish. Kompilyator turni o’ng tomondagi qiymatdan aniqlaydi va u o’zgarmas bo’lib qoladi. var faqat metod ichidagi o’zgaruvchilar uchun ishlaydi va qiymat darhol berilishi shart.
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiKiyim do’koniga borib “menga shu ko’ylakning o’lchamini bering” deysiz — sotuvchi qarab “M” ni topadi. O’lchamni o’zingiz aytmadingiz, lekin ko’ylak baribir M bo’lib qoladi; ertaga u L ga aylanib qolmaydi. var ham shunday: turni siz yozmaysiz, kompilyator qiymatga qarab bir marta aniqlaydi, keyin u o’zgarmaydi.
Eng oddiy misol
“Eng oddiy misol” bo'limivar yosh = 25; // intvar narx = 19.99; // doublevar harf = 'A'; // charvar katta = 10L; // longvar ism = "Ali"; // String
yosh = 30; // mumkin — hali ham int// yosh = "o'ttiz"; // kompilyatsiya xatosi: tur int bo'lib qolganvar — bu dinamik tur emas. Java’da tur baribir kompilyatsiya paytida aniq bo’ladi; var faqat yozishni qisqartiradi. JavaScript’dagi var bilan adashtirmang.
Uzun turlarda foydasi ko’proq seziladi:
// var'sizjava.util.Map<String, java.util.List<Integer>> baholar = new java.util.HashMap<>();// var bilanvar baholar2 = new java.util.HashMap<String, java.util.List<Integer>>();Qayerda mumkin, qayerda yo’q
“Qayerda mumkin, qayerda yo’q” bo'limivar faqat lokal o’zgaruvchi uchun. Maydon, parametr va qaytish turi — mumkin emas.
| Joy | var |
Misol |
|---|---|---|
| Metod ichidagi o’zgaruvchi | ✅ | var x = 5; |
for sikli |
✅ | for (var i = 0; i < 3; i++) |
| for-each | ✅ | for (var s : massiv) |
| try-with-resources | ✅ | try (var in = new FileReader(f)) |
| Lambda parametrlari (Java 11+) | ✅ | (var a, var b) -> a + b |
| Klass maydoni | ❌ | class A { var x = 1; } |
| Metod parametri | ❌ | void m(var x) |
| Metod qaytish turi | ❌ | var m() { ... } |
Qachon kompilyatsiya xatosi?
“Qachon kompilyatsiya xatosi?” bo'limiKompilyator turni faqat o’ng tomondan topadi. O’ng tomondan tur aniq bo’lmasa — xato.
| Kod | Nega xato |
|---|---|
var x; |
qiymat yo’q — turni topib bo’lmaydi |
var x = null; |
null ning turi yo’q |
var a = 1, b = 2; |
bitta qatorda bir nechta var mumkin emas |
var arr = {1, 2}; |
massiv initsializatori turi yo’q (new int[]{1, 2} — mumkin) |
var f = () -> {}; |
lambda uchun tur aniq emas |
var[] a = new int[2]; |
var ni massiv qilib bo’lmaydi |
Qachon ishlatish kerak?
“Qachon ishlatish kerak?” bo'limi- ✅ Tur o’ng tomondan aniq ko’rinib turganda:
var list = new ArrayList<String>(); - ✅ Uzun generic turlarda — kod qisqa va o’qilishi oson
- ❌ Tur ko’rinmay qolganda:
var natija = hisobla();— o’quvchinatijanima ekanini bilmaydi
Imtihonda esa savol odatda boshqacha: “bu var qatori kompilyatsiya bo’ladimi?” Yuqoridagi jadval shu uchun.
📝 Mini-test
0 / 61. Qaysi ikkitasi kompilyatsiya bo'ladi? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)
new int[]{1, 2} dan tur aniq: int[]. var kalit so'z emas, shuning uchun o'zgaruvchi nomi bo'la oladi. var x; va var y = null; — turni topib bo'lmaydi; var ko'p o'zgaruvchili e'londa ishlamaydi.
2. Kod natijasi qanday?
var total = 0;total = total + 1.5;System.out.println(total);var total = 0 — tur int. total + 1.5 natijasi double, uni int ga cast'siz yozib bo'lmaydi — kompilyatsiya xatosi. (total += 1.5 esa kompilyatsiya bo'lardi: ichida yashirin cast bor.)
3. var qayerda ishlatilsa, kompilyatsiya bo'ladi?
var faqat lokal o'zgaruvchilar uchun: oddiy, for, for-each, try-with-resources va lambda parametrlari. Maydon, parametr va qaytish turi — mumkin emas.
4. Kod nima chiqaradi?
var c = 'J';c += 1;System.out.println(c);var c = 'J' — tur char. c += 1 ichida yashirin cast bor: c = (char)(c + 1). Natija 'K'.
5. Qaysi qator kompilyatsiya xatosi beradi?
Lambda o'zi tur bermaydi — qaysi interface ekanini kompilyator bilmaydi. new ArrayList<>() → ArrayList<Object>; (String) null — tur String bo'lib aniq.
6. Qaysi lambda kompilyatsiya bo'ladi?
Lambda parametrlarida var bo'lsa, hammasida bo'lishi kerak. Aralash yozuv — kompilyatsiya xatosi.
Konspekt
“Konspekt” bo'limivar(Java 10+) — lokal o’zgaruvchi turini kompilyator o’ng tomondan topadi- Tur kompilyatsiyada aniqlanadi va o’zgarmaydi —
vardinamik tur emas - Faqat lokal: oddiy o’zgaruvchi,
for, for-each, try-with-resources, lambda parametrlari (11+) - Mumkin emas: maydon, parametr, qaytish turi,
var x;,var x = null;,var a = 1, b = 2;,var arr = {1, 2};, lambda varkalit so’z emas:var var = 1;— mumkin,class var— yo’qnew ArrayList<>()bilan →ArrayList<Object>
Mashqlar
“Mashqlar” bo'limi1. Turni toping. Har bir var qanday turga ega bo’ladi?
var a = 7; · var b = 7.0f; · var c = 'x'; · var d = 7_000_000_000L; · var e = 7 / 2; · var f = 7 / 2.0;
Javob
a—intb—floatc—chard—longe—int(butun bo’lish: qiymati 3)f—double(qiymati 3.5)
2. Qaysi qator buziladi? Har bir qatorni alohida tekshiring: kompilyatsiya bo’ladimi?
var x = 5;x = 'A';x = 5L;var y = "salom";y = null;Javob
x = 'A';— ha:char→intavtomatik (x = 65)x = 5L;— yo’q:long→intcast’siz mumkin emasy = null;— ha:yning turiString, unganullberish mumkin. Faqat e’lon paytidavar y = null;xato.
Oldingi dars: Literal’lar