Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

String va String Pool

☕ Java 8+1Z0-8301Z0-8291Z0-819#String#String Pool#immutable

Qisqa javob: String — matnni saqlaydigan klass (primitiv emas). U o’zgarmas (immutable): yaratilgandan keyin ichidagi harflarni o’zgartirib bo’lmaydi. Shuning uchun Java bir xil matn literal’larini String Pool degan umumiy hovuzda saqlab, qayta ishlatadi.

Kutubxonada mashhur kitobning bitta nusxasi stendda turadi va hamma o’qiydi — chunki uni hech kim chizib, yirtib tashlay olmaydi (o’zgarmas). Agar kimdir o’z nusxasini xohlasa — do’kondan yangi kitob sotib oladi (new String). Matni bir xil, lekin bu boshqa kitob.

String yaratishning ikki yo’li

“String yaratishning ikki yo’li” bo'limi
Yaratish.java
String a = "java"; // literal — hovuzdan
String b = new String("java"); // new — har doim yangi obyekt

Kundalik kodda deyarli har doim literal ishlatiladi. new String(...) deyarli kerak bo’lmaydi — u faqat imtihon savollarida tez-tez uchraydi.

String Pool — animatsiyada

“String Pool — animatsiyada” bo'limi

Uchta misol: Oson — bir xil literal’lar, O’rta — new va intern(), Imtihon — "ja" + "va" va p + "va" farqi.

Animatsiya
Alohida sahifa
Qadam 1 / 5
joriy qatorprimitiv qiymathavola (reference)heap'dagi obyekttirikGC uchun tayyor
Kod Hovuzdagi obyektmi? == "java"
"java" ✅ ha true
"ja" + "va" ✅ ha — kompilyatsiyada birlashadi true
final String p = "ja"; p + "va" ✅ ha — p konstanta true
String p = "ja"; p + "va" ❌ yo’q — runtime’da yangi obyekt false
new String("java") ❌ yo’q — har doim yangi false
new String("java").intern() ✅ ha — hovuzdagini qaytaradi true
"JAVA".toLowerCase() ❌ yo’q — metod natijasi yangi obyekt false
  1. Hovuz xavfsiz bo’ladi. Agar a va b bitta obyektga qarasa va a uni o’zgartira olsa — b ham o’zgarib qolardi.
  2. Xavfsizlik. Fayl yo’li, parol, URL — ular tekshirilgandan keyin o’zgarib qolmaydi.
  3. Thread’lar uchun xavfsiz. Bir nechta thread bitta satrni qulfsiz o’qiy oladi.
  4. Hash keshlanadi. HashMap kaliti sifatida tez ishlaydi.

O’zgarmaslik qanday ko’rinishini StringBuilder darsidagi animatsiyada ko’rasiz.

Solishtirish.java
String a = "java";
String b = new String("java");
System.out.println(a == b); // false — har xil obyekt
System.out.println(a.equals(b)); // true — matn bir xil
System.out.println("JAVA".equalsIgnoreCase(a)); // true — katta-kichik harfsiz

Hovuz — Java’ning ichki optimizatsiyasi. Kod unga tayanmasligi kerak: matnlarni doim equals() bilan solishtiring. == faqat imtihon savollarida “bitta obyektmi?” deb so’ralganda kerak.

📝 Mini-test

0 / 6

1. Kod nima chiqaradi?

String s1 = "Java";
String s2 = "Ja" + "va";
String s3 = new String("Java");
System.out.println((s1 == s2) + " " + (s1 == s3));

2. Kod nima chiqaradi?

String part = "Ja";
String full = part + "va";
System.out.println(full == "Java");

3. Kod nima chiqaradi?

final String part = "Ja";
String full = part + "va";
System.out.println(full == "Java");

4. Kod nima chiqaradi?

String a = new String("hi");
String b = a.intern();
System.out.println((a == b) + " " + (b == "hi"));

5. Kod nima chiqaradi?

String s = null;
s = s + "!";
System.out.println(s);

6. Qaysi ifoda true qaytaradi?

String x = "duke";
  • String — klass, primitiv emas; o’zgarmas (immutable)
  • Literal’lar va kompilyatsiya vaqtidagi konstantalar ("a" + "b", final o’zgaruvchilar) — String Pool’dan
  • new String(...) va metod natijalari — har doim yangi obyekt
  • intern() — hovuzdagi nusxani qaytaradi
  • Matnni doim equals() bilan solishtiring; equalsIgnoreCase — harf kattaligiga qaramaydi
  • "x" + null → "xnull"; null.length() → NPE

1. Bashorat. Har bir qator true yoki false?

String a = "ok";
String b = "o" + "k";
String c = "o";
String d = c + "k";
System.out.println(a == b);
System.out.println(a == d);
System.out.println(a == d.intern());
System.out.println(a.equals(d));
Javob
  • a == b — true (kompilyatsiyada birlashadi)
  • a == d — false (c — o’zgaruvchi, runtime’da yangi obyekt)
  • a == d.intern() — true (hovuzdagi "ok")
  • a.equals(d) — true (matn bir xil)

2. Parolni tekshiring. kirish (foydalanuvchi kiritgan, null bo’lishi mumkin) "admin" ga teng bo’lsa true qaytaradigan, hech qachon NPE bermaydigan metod yozing.

Yechim
Tekshir.java
static boolean admin(String kirish) {
return "admin".equals(kirish);
}

Literal’ni chapga qo’yish — eski va ishonchli usul: literal hech qachon null emas.

Keyingi dars: String metodlari

Progress faqat shu brauzerda saqlanadi.