Asosiy qismga o'tish

Shu sahifaJava Pro

0to'g'ri javob
0takrorlash kerak
—aniqlik

Klass, obyekt va konstruktor

☕ Java 8+1Z0-8301Z0-8291Z0-819#konstruktor#this#static

Qisqa javob: Klass — chizma, obyekt — shu chizma bo’yicha qurilgan narsa. Obyekt new bilan yaratiladi va konstruktor uni boshlang’ich holatga keltiradi. Konstruktor nomi klass nomi bilan bir xil va qaytish turi yo’q — void yozilsa, u oddiy metodga aylanadi. Klassda bitta ham konstruktor yozilmasa, kompilyator default (parametrsiz) konstruktor qo’shadi; bittasini yozsangiz — qo’shmaydi.

Avtomobil zavodida bitta chizma (klass) bor — “Cobalt: 4 eshik, rangi, raqami”. Zavod shu chizma bo’yicha minglab mashina (obyekt) chiqaradi: har birining rangi va raqami o’zi uchun (instance field). “Zavod jami nechta mashina chiqardi?” esa bitta mashinaga emas, zavodga tegishli — bu static.

Konstruktor — konveyerning oxirgi bosqichi: mashina chiqishidan oldin unga rang beriladi, raqam o’rnatiladi.

Mashina.java
public class Mashina {
String rang; // field (instance o'zgaruvchi)
String raqam;
static int jami = 0; // static — klassga tegishli, bitta nusxa
Mashina(String rang, String raqam) { // konstruktor
this.rang = rang; // this.rang — field, rang — parametr
this.raqam = raqam;
jami++;
}
void tavsif() { // instance metod
System.out.println(rang + " " + raqam);
}
}
Zavod.java
Mashina a = new Mashina("oq", "01A123BC");
Mashina b = new Mashina("qora", "10B777AA");
a.tavsif(); // oq 01A123BC
System.out.println(Mashina.jami); // 2

new uch ish qiladi: heap’da joy ajratadi, field’larga default qiymat beradi (0, false, null), konstruktorni chaqiradi va obyekt havolasini qaytaradi. Havola stack’dagi a ga yoziladi — Stack va Heap darsidagidek.

this — “hozir ishlayotgan obyektning o’zi”. Asosiy ishlatilishi — parametr nomi field nomi bilan bir xil bo’lganda (shadowing):

Shadow.java
class Talaba {
int yosh;
Talaba(int yosh) {
yosh = yosh; // ❌ parametrni o'ziga yozdi — field 0 bo'lib qoldi
}
}
System.out.println(new Talaba(20).yosh); // 0

Kompilyatsiya xatosi yo’q — shunchaki mantiqiy xato. To’g’risi: this.yosh = yosh;.

Yozuv Nima
Mashina() { } ✅ konstruktor
public Mashina(String r) { } ✅ konstruktor, istalgan access modifier
void Mashina() { } ⚠️ oddiy metod — konstruktor emas
mashina() { } (kichik harf) ❌ kompilyatsiya xatosi — qaytish turi yo’q metod
static Mashina() { } ❌ konstruktor static, final, abstract bo’la olmaydi
Klassda yozilgan konstruktorlar Kompilyator qo’shadimi? new X()
Hech biri ✅ X() { } qo’shiladi ✅
X(int a) ❌ qo’shilmaydi ❌ kompilyatsiya xatosi
X() va X(int a) — (o’zingiz yozdingiz) ✅

Konstruktor overloading va this()

“Konstruktor overloading va this()” bo'limi

Bir klassda parametrlari farq qiladigan bir nechta konstruktor bo’lishi mumkin. Takrorlanmaslik uchun biri boshqasini this(...) bilan chaqiradi:

Buyurtma.java
class Buyurtma {
String mahsulot;
int soni;
Buyurtma(String mahsulot) {
this(mahsulot, 1); // asosiy konstruktorga
}
Buyurtma(String mahsulot, int soni) {
this.mahsulot = mahsulot;
this.soni = soni;
}
}
new Buyurtma("non"); // soni = 1
new Buyurtma("non", 3); // soni = 3
Qoida Buzilsa
this(...) — konstruktordagi birinchi buyruq ❌ call to this must be first statement in constructor
Bir konstruktorda this(...) va super(...) ikkalasi birga bo’lmaydi ❌ (ikkalasi ham birinchi bo’lishi kerak)
Konstruktorlar bir-birini aylana bo’ylab chaqirmaydi ❌ recursive constructor invocation
this(...) faqat konstruktor ichida ❌ oddiy metodda xato
instance static
Kimga tegishli Har bir obyektga alohida Klassga — bitta nusxa
Murojaat obj.field Klass.field (yoki obj.field — tavsiya etilmaydi)
Instance a’zolarga kirish ✅ ❌ to’g’ridan-to’g’ri emas — obyekt kerak
this ✅ ❌ non-static variable this cannot be referenced from a static context
Hisob.java
class Hisob {
static int keyingi = 0;
int id;
Hisob() { id = ++keyingi; }
}
new Hisob(); new Hisob();
Hisob h = new Hisob();
System.out.println(h.id + " " + Hisob.keyingi); // 3 3
Chuqurroq: obyekt xotirada qancha joy oladi?

64-bit HotSpot’da har bir obyektning sarlavhasi (header) bor — odatda 12 bayt (mark word + klass ko’rsatkichi), keyin field’lar, oxiri 8 baytga to’ldiriladi. Shuning uchun bitta int field’li obyekt ham ~16 bayt. Static field’lar obyekt ichida emas — klass bilan birga bir marta saqlanadi. Shu sababli millionta obyekt yaratilganda static hisoblagich xotirani oshirmaydi, instance field esa har bir obyektga qo’shiladi.

📝 Mini-test

0 / 7

1. Kod nima chiqaradi?

public class Duck {
private String name;
public void Duck() { name = "quack"; }
public static void main(String[] a) {
Duck d = new Duck();
System.out.print(d.name);
}
}

2. Natija qanday?

class Kitob {
String nom;
Kitob(String nom) { this.nom = nom; }
}
public class Test {
public static void main(String[] a) {
Kitob k = new Kitob();
System.out.print(k.nom);
}
}

3. Kod nima chiqaradi?

class Talaba {
int yosh;
Talaba(int yosh) { yosh = yosh; }
}
System.out.print(new Talaba(20).yosh);

4. Qaysi konstruktor kompilyatsiya bo'lmaydi?

class A {
A() { this(1); } // 1
A(int x) { System.out.print(x); } // 2
A(String s) { System.out.print(s); this(); } // 3
A(long y) { this((int) y); } // 4
}

5. Kod nima chiqaradi?

class Hisob {
static int keyingi = 0;
int id;
Hisob() { id = ++keyingi; }
}
new Hisob(); new Hisob();
Hisob h = new Hisob();
System.out.print(h.id + " " + Hisob.keyingi);

6. Kod nima chiqaradi?

public class T {
static int n = 7;
public static void main(String[] a) {
T t = null;
System.out.print(t.n);
}
}

7. Qaysi ikkitasi to'g'ri konstruktor e'loni? class Mahsulot. (Choose two) (2 ta javobni tanlang)

  • Klass — chizma, obyekt — new bilan yaratilgan nusxa; o’zgaruvchida havola saqlanadi
  • Konstruktor: klass nomi, qaytish turi yo’q; void yozilsa — metod
  • Default konstruktor faqat birorta ham konstruktor yozilmaganda qo’shiladi
  • this.field = parametr — shadowing’da this shart, aks holda field o’zgarmaydi
  • this(...) — boshqa konstruktorni chaqirish, faqat birinchi buyruq; aylanma chaqiruv — xato
  • static — klassga tegishli bitta nusxa; static kontekstda this va instance a’zolar yo’q
  • null havola orqali static a’zoga murojaat — NPE bermaydi

1. Yozing. BankHisobi klassi: egasi (String), balans (long, tiyinda). Ikki konstruktor: faqat egasi (balans 0) va egasi + balans; birinchisi ikkinchisini this(...) bilan chaqirsin. toldirish(long summa) metodi qo’shing.

2. Hisoblagich. Klass yarating: har bir yangi obyektga ketma-ket id (1, 2, 3…) beradigan va jami nechta obyekt yaratilganini static field’da saqlaydigan.

3. Topib bering. Quyidagi kodda nechta kompilyatsiya xatosi bor?

class Telefon {
String model;
Telefon(String model) { model = model; }
void Telefon() { }
static void chiqar() { System.out.println(this.model); }
}
// main: new Telefon();

Keyingi dars: Initsializatsiya tartibi.

Progress faqat shu brauzerda saqlanadi.