Operatorlar va ustuvorlik
Qisqa javob: operator — qiymatlar ustida amal bajaradigan belgi: +, *, ==, &&, ++. Bitta ifodada bir nechta operator bo’lsa, Java ikki qoidaga amal qiladi: operandlar chapdan o’ngga hisoblanadi, amallar esa ustuvorlik bo’yicha bajariladi (* — + dan oldin).
Hayotiy misol
“Hayotiy misol” bo'limiDo’kondagi chek: “2 ta non × 3000 + 1 ta sut × 9000”. Kassir avval ko’paytiradi, keyin qo’shadi — maktabdagi kabi. Lekin mahsulotlarni u chapdan o’ngga navbatma-navbat skaner qiladi. Java ham shunday: ro’yxatni chapdan o’qiydi, hisobni esa qoida bo’yicha bajaradi.
Arifmetik operatorlar
“Arifmetik operatorlar” bo'limi| Operator | Ma’nosi | Misol | Natija |
|---|---|---|---|
+ - * |
qo’shish, ayirish, ko’paytirish | 7 * 2 |
14 |
/ |
bo’lish | 7 / 2 |
3 (butun!) |
% |
qoldiq | 7 % 3 |
1 |
Qoldiq (%) ishorasi chap operandga ergashadi: -7 % 3 → −1, 7 % -3 → 1. Kasr sonlarda ham ishlaydi: 7.5 % 2 → 1.5.
Nolga bo’lish: int da 10 / 0 — runtime’da ArithmeticException (kompilyatsiya bo’ladi!). double da esa exception yo’q: 10 / 0.0 → Infinity, 0.0 / 0 → NaN.
++ va -- — oshirish va kamaytirish
“++ va -- — oshirish va kamaytirish” bo'limix++ va ++x ikkalasi ham x ni 1 ga oshiradi. Farq — ifodaga qaysi qiymat beriladi. Animatsiyada uch misol: Oson — farqning o’zi, O’rta — ustuvorlik bilan birga, Imtihon — k = k++ tuzog’i.
| Yozuv | Ifodaga beriladi | Keyin x |
|---|---|---|
x++ (postfiks) |
eski qiymat | +1 |
++x (prefiks) |
yangi qiymat | +1 |
x-- / --x |
xuddi shunday, −1 | −1 |
int x = 5;int a = x++; // a = 5, x = 6int b = ++x; // x = 7, b = 7Alohida qatorda (x++;) farq yo’q. Farq faqat x++ boshqa ifodaning ichida bo’lganda seziladi.
Tenglash va qisqa tenglash
“Tenglash va qisqa tenglash” bo'limi= — o’ng tomonni hisoblab, chapga yozadi. Qisqa shakllar: +=, -=, *=, /=, %=.
int a = 10;a += 5; // a = a + 5 → 15a *= 2 + 3; // a = a * (2 + 3) → 75, (a * 2) + 3 emas!*= ning o’ng tomoni avval to’liq hisoblanadi. Qisqa tenglashning yana bir siri bor — ichida yashirin cast bo’ladi (short s = 10; s += 1; ishlaydi, s = s + 1; — yo’q). Batafsil Casting darsida.
Taqqoslash operatorlari
“Taqqoslash operatorlari” bo'limi==, !=, <, >, <=, >= — natija har doim boolean.
Mantiqiy operatorlar va qisqa tutashuv
“Mantiqiy operatorlar va qisqa tutashuv” bo'limi| Operator | Ma’nosi | Ikkinchi qismni hisoblaydimi? |
|---|---|---|
&& |
va (AND) | faqat birinchisi true bo’lsa |
|| |
yoki (OR) | faqat birinchisi false bo’lsa |
! |
emas (NOT) | — |
&, |, ^ |
va / yoki / XOR (boolean da) |
har doim ikkalasini |
&& va || — qisqa tutashuv (short-circuit) operatorlari: natija birinchi qismdan ma’lum bo’lsa, ikkinchisi umuman bajarilmaydi.
int q = 0;boolean r1 = (q > 0) && (q++ > 0); // q++ bajarilmadi: q = 0boolean r2 = (q > 0) & (q++ > 0); // & — ikkalasi bajariladi: q = 1Bu null tekshiruvida juda foydali: if (s != null && s.length() > 0) — s null bo’lsa, s.length() chaqirilmaydi va NPE bo’lmaydi.
Ternary operator ? :
“Ternary operator ? :” bo'limishart ? qiymat1 : qiymat2 — qisqa if/else, lekin natija qiymat qaytaradi.
int yosh = 20;String holat = yosh >= 18 ? "katta" : "kichik"; // "katta"Ikkala tarmoq bir xil turga keltiriladi: true ? 1 : 2.0 → 1.0 (int double ga kengaydi). int r = true ? 1 : "a"; — kompilyatsiya xatosi.
+ va String
“+ va String” bo'limiAgar + ning bir tomoni String bo’lsa, qo’shish matn ulashga aylanadi. Hisob doim chapdan o’ngga:
System.out.println(1 + 2 + "3" + 4 + 5); // 33451 + 2 → 3 (sonlar), 3 + "3" → "33" (matn), keyin hammasi matn: "334", "3345".
Ustuvorlik jadvali (yuqoridan pastga)
“Ustuvorlik jadvali (yuqoridan pastga)” bo'limi| Daraja | Operatorlar |
|---|---|
| 1 | x++, x-- (postfiks) |
| 2 | ++x, --x, +x, -x, !, (tur) cast |
| 3 | *, /, % |
| 4 | +, - |
| 5 | <<, >>, >>> |
| 6 | <, >, <=, >=, instanceof |
| 7 | ==, != |
| 8 | & → ^ → | |
| 9 | && |
| 10 | || |
| 11 | ? : |
| 12 | =, +=, -=, … (o’ngdan chapga) |
Eslab qolish uchun: bir xil ustuvorlikdagi operatorlar chapdan o’ngga bajariladi (10 - 2 - 3 = 5). Faqat tenglash va ternary o’ngdan chapga: a = b = 5 — avval b = 5, keyin a = 5. Shubha bo’lsa — qavs qo’ying, qavs hammasidan kuchli.
Math API
“Math API” bo'limiOddiy matematik amallar uchun tayyor metodlar:
| Metod | Natija | Izoh |
|---|---|---|
Math.max(3, 7), Math.min(3, 7) |
7, 3 |
|
Math.abs(-5) |
5 |
Math.abs(Integer.MIN_VALUE) — manfiy qoladi (overflow) |
Math.pow(2, 10) |
1024.0 |
har doim double |
Math.sqrt(16) |
4.0 |
double |
Math.ceil(2.1), Math.floor(-2.1) |
3.0, -3.0 |
yuqoriga / pastga, double qaytaradi |
Math.round(2.5), Math.round(-2.5) |
3, -2 |
eng yaqin butun; .5 da yuqoriga; long qaytaradi (float uchun int) |
📝 Mini-test
0 / 71. Kod nima chiqaradi?
int x = 3;int y = x++ * 2 + x;System.out.println(x + " " + y);Chapdan: x++ → 3 (x = 4), 3 * 2 = 6, keyin x → 4: 6 + 4 = 10. Oxirida x = 4.
2. Kod nima chiqaradi?
int i = 0;boolean b = i > 0 && ++i > 0;System.out.println(i + " " + b);i > 0 — false, shuning uchun && o'ng tomonni hisoblamaydi: ++i bajarilmaydi. i = 0, b = false.
3. Kod nima chiqaradi?
System.out.println(10 + 20 + "30" + 40 + 50);10 + 20 = 30 (son), keyin 30 + "30" → "3030", so'ng hammasi matn: "303040", "30304050".
4. Kod natijasi qanday?
int a = 7, b = 2;double d = a / b;System.out.println(d);a / b — ikkalasi int, butun bo'lish: 3. Keyin double ga kengayadi: 3.0.
5. Qaysi ikkitasi kompilyatsiya xatosi beradi? (Choose two) (2 ta javobni tanlang)
true > 1 va "4" - 1 — mos kelmaydigan operandlar. 10 / 0 kompilyatsiya bo'ladi (runtime'da ArithmeticException), 1 / 0.0 — Infinity.
6. Kod nima chiqaradi?
int k = 5;k = k++ + k--;System.out.println(k);Chapdan: k++ → 5 (k = 6), k-- → 6 (k = 5). Yig'indi 5 + 6 = 11 va u k ga yoziladi — oshirish/kamaytirishlar ustiga.
7. Kod nima chiqaradi?
System.out.println(Math.round(-1.5) + " " + Math.ceil(-1.5));Math.round .5 da yuqoriga (musbat tomonga) yaxlitlaydi: −1.5 → −1. Math.ceil — yuqoriga: −1.0 (double).
Konspekt
“Konspekt” bo'limi- Operandlar chapdan o’ngga, amallar ustuvorlik bo’yicha
int / int— butun bo’lish, kasr tashlanadi;intnolga bo’lish →ArithmeticException,double→Infinityx++— eski qiymat, keyin oshirish;++x— avval oshirish;k = k++→ k o’zgarmaydi&&,||— qisqa tutashuv: o’ng tomon bajarilmasligi mumkin;&,|— har doim ikkalasi+da bitta String bo’lsa — matn ulash, chapdan o’ngga:1 + 2 + "3"→"33"- Ternary natijasi qiymat; turlar umumiylashtiriladi:
true ? 1 : 2.0→ 1.0 Math.pow,ceil,floor,sqrt→double;Math.round(double)→long
Mashqlar
“Mashqlar” bo'limi1. Qog’ozda hisoblang. Har bir qatordan keyin a va b qiymatini yozing, keyin ishga tushirib tekshiring:
int a = 2, b = 5;a = a++ + --b;b = b-- - ++a;Javob
- 2-qator:
a++→ 2 (a = 3),--b→ 4 (b = 4);a = 2 + 4= 6. Holat: a = 6, b = 4 - 3-qator:
b--→ 4 (b = 3),++a→ 7 (a = 7);b = 4 - 7= −3. Holat: a = 7, b = −3
2. Juft yoki toq. Sonni qabul qilib, juft bo’lsa "juft", aks holda "toq" qaytaradigan metodni ternary bilan bir qatorda yozing. Manfiy sonlarda ham to’g’ri ishlasin.
Yechim
static String turi(int n) { return n % 2 == 0 ? "juft" : "toq";}n % 2 == 1 deb tekshirish xato bo’lardi: -3 % 2 → −1, 1 emas. == 0 bilan solishtirish ikkala ishorada ham ishlaydi.
Oldingi dars: Wrapper klasslar · Keyingi: Casting